Kompensatsiya quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:

jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

▫️quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million soʻmdan;

▫️quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million soʻmdan;

▫️energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:

▫️jismoniy shaxslarga – 500 million soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;

▫️yuridik shaxslarga – 5 milliard soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda.