Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini kuchaytirish boʻycha qaroriga tezislar eʼlon qilindi

    Salomatlik 11 Iyul 2020 3707

    Quyida ilar bilan tanishishingiz mumkin.

    1. Nima uchun karantin choralari va “oʻzini oʻzi yakkalash” (izolyatsiya) tartibi muhim?

    – ushbu kasallikka qarshi vaksina topilmagan bir paytda pandemiyani jilovlashning eng samarali usuli - bu fuqarolarning oʻzini oʻzi izolyatsiya qilish va ijtimoiy masofani saqlash orqali virus tarqalishi yoʻllarini cheklash, bemorlarni aniqlash va epidemiya oʻchoqlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha faol choralar koʻrishdan iboratdir.

    Ayni paytda, na Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), na boshqa rasmiy tashkilotlar vaksina yaratilishi va qoʻllanishi boʻyicha aniq muddatlarni aytib bera olmayapti. Bu borada xulosa aniq.

    – JSSTga koʻra, pandemiyaga qarshi kurashda eng muhim tamoyillar quyidagilardir: vaziyatni nazoratda ushlash, kasallikni aniqlash va tarqalish oʻchoqlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik. Boshqacha aytganda, kasallikning barcha holatlari qanchalik tez aniqlansa, koʻrikdan oʻtkazilsa va izolyatsiya qilinsa, virusni jilovlash osonroq boʻladi.

    – amaldagi qatʼiy va obyektiv zaruriy cheklovlar tufayli, Oʻzbekiston kasallikning keng avj olishi va nazoratsiz oʻsishining oldini olishga erishdi.

    – karantin qoidalariga amal qilmaslik, koʻplab odamlarning nobud boʻlishi, sogʻliqni saqlash tizimiga ogʻirlik qilishi bilan birga katta iqtisodiy talofatlarga olib keladi.

    – odamlar oʻrtasidagi aloqani kamaytirish yoki cheklash har bir bemor 4-5 nafar emas, balki undan ham kamroq odamlarni zararlanishi mumkin. Natijada epidemiya sekinlashadi. Oxir-oqibat virusni yuqtirganlar sonining kamayishi bilan epidemiyaning oʻzi ham barham topadi.

    – bir qator mamlakatlarda boshlangan cheklov choralarining ikkinchi toʻlqini real haqiqatdir. Epidemiologik vaziyat yomonlashganligi sabab, Qozogʻistonda hukumat yana karantin choralarini kuchaytirdi. Armanistonda “niqob rejimi” kuchaytirildi, yuzlab doʻkonlar, dorixonalar, goʻzallik salonlari, kafelar va boshqalar yana yopildi. Ozarbayjonda vaziyat murakkablashgani tufayli karantin yana ikki haftaga uzaytirildi.

    – iyul oyining birinchi haftasida karantin talablarining yumshatilishi natijasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 2167 kishiga koʻpaydi. Shulardan 1267 (58 foiz) holat aholi orasida aniqlangan. Agar may oyida kunlik oʻrtacha 51 ta holatda kasallik qayd etilgan boʻlsa, iyun oyida bu koʻrsatgich 163 ni tashkil etdi. Iyul oyining boshidan boshlab kuniga oʻrtacha 324 tadan virus bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda.

    – 16-martdan 10-maygacha boʻlgan qatʼiy karantin davrida kasallanganlar soni 2 418 tani tashkil qildi, bunda oʻsish 0,007 foizga teng boʻldi. Karantin choralari 10-maydan 9-iyulgacha boʻlgan muddatda birmuncha yumshatilganidan soʻng esa kasallanish holati 9 029 tani tashkil qilib, oʻsish surʼati – 0,03 foizga teng boʻldi.

    – AQSH va Yevropada pandemiyaga qarshi koʻrilgan choralarni taqqoslab koʻrgan, amerikalik mutaxassislarning taʼkidlashicha, koʻplab Yevropa mamlakatlari cheklov choralarini oʻrtacha 97 foiz, AQSH esa bunday choralarni atigi 50 foiz kiritgan. Bu esa AQSHda virusning yana-da keng tarqalishiga olib keldi. Natijada, epidemiya boshlangandan buyon AQSHda 3,2 million inson kasallikka chalindi, vafot etganlar soni 135 mingtani tashkil etmoqda. Bu dunyodagi eng yomon koʻrsatkichdir.

    2. Koronavirusga nisbatan shubha kayfiyati notoʻgʻri va nooʻrindir. Cheklov choralari tanqidchilari orasida keng tarqalgan savol: “doʻstlaringiz va tanishlaringiz orasida koronavirusdan vafot etganlar bormi?” boshqacha yangrashi kerak. Yaʼni: “doʻstlarimiz va tanishlarimiz orasida koronavirus qurbonlarini koʻrishni xohlaymizmi?”.

    3. Davlat kasallik tarqalishini oldini olish, uni aniqlash va fuqarolarni koronavirusdan davolash boʻyicha sarf-xarajatlarni oʻz boʻyniga oldi. Umuman olganda, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashga 1,7 trln.soʻm.miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirildi. Bunda ahvoli oʻrtacha ogʻirlikda boʻlgan bir bemorni davolash uchun 32,3 mln. soʻm (3 200 doll.), reanimatsiyadagi bemor uchun 64,4 mln.soʻm (6 300 doll.) sarflandi.

    FAIR HEALTH hisob-kitoblariga koʻra, AQSHda tibbiy sugʻurtaga ega boʻlmagan fuqaroni davolash uchun 73,3 ming doll., sugʻurtalangan bemor uchun esa 38 ming doll. sarf qilinadi. Koronavirusga chalingan amerikalik bemorning shifo topishi uchun 1 mln. doll.dan ortiq mablagʻ sarf qilingan holat ham mavjud.

    4. Oʻzbekistonda oʻz vaqtida qabul qilingan karantin choralari tufayli COVID-19 atrofidagi vaziyat qoʻshni davlatlar, MDH va umuman butun dunyoga nisbatan ancha yaxshi. Bu inkor etib boʻlmas haqiqatdir.

    – baʼzi bir mamlakatlarda roʻy bergan kunlik yuzlab va minglab yoʻqotishlar kabi ayanchli statistika Oʻzbekistonga taʼsir qilmadi;

    – kasallanish darajasining aholi soniga proporsional nisbati boshqa davlatlar bilan solishtirilganda minimal hisoblanadi. 100 ming aholi orasida kasallanish darajasi boʻyicha Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida soʻnggi oʻrinni egallaydi – 35 kishi. Misol uchun Rossiyada ushbu koʻrsatkich – 484, Belarusda – 681, Qozogʻistonda – 291, Qirgʻizistonda – 143, Armanistonda – 1024 tani tashkil qiladi.

    – 34 million aholiga ega Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 18,5 million aholiga ega qoʻshni Qozogʻistonga qaraganda deyarli 5 marotaba kamdir;

    – oʻlim darajasi ham dunyo boʻyicha eng past koʻrsatkichlardan biri boʻlib turibdi – 0,4 foiz. Bu qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston mamlakatlari bilan solishtirganda mos ravishda deyarli uch va ikki barobarga kam. Rossiyada bu koʻrsatkich – 1,5 foiz, AQSHda – 4 foiz, Braziliyada – 3 foiz, Hindistonda 3 foizni tashkil qiladi.

    5. Kasallikning tarqalishini nazorat qilish sogʻliqni saqlash tizimiga boʻlgan bosimni pasaytiradi. Shifokorlar kuch-quvvatlarini qayta tiklab olish va COVID-19 tarqalishini nazorat qilish imkoniga ega boʻladilar.

    Bundan tashqari, individual himoya vositalari, oʻpkaga sunʼiy nafas yetkazib beruvchi apparat, boshqa tibbiy moslamalarni xarid qilish uchun resurslarni yoʻnaltirish imkoni tugʻildi. Shu vaqtda 500 ta sunʼiy nafas apparat,60 UZI apparat, 10 ta PSR apparat, 60 ta defibrillyator, 90 kardiomonitor, 500 pulsoksimetrlar xarid qilindi.

    Individual – oʻlim darajasi ham dunyo boʻyicha eng past koʻrsatkichlardan biri boʻlib turibdi – 0,4 foiz. Bu qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston mamlakatlari bilan solishtirganda mos ravishda deyarli uch va ikki barobarga kam. Rossiyada bu koʻrsatkich – 1,5 foiz, AQSHda – 4 foiz, Braziliyada – 3 foiz, Hindistonda 3 foizni tashkil qiladi.

    5. Kasallikning tarqalishini nazorat qilish sogʻliqni saqlash tizimiga boʻlgan bosimni pasaytiradi. Shifokorlar kuch-quvvatlarini qayta tiklab olish va COVID-19 tarqalishini nazorat qilish imkoniga ega boʻladilar. Bundan tashqari, individual himoya vositalari, oʻpkaga sunʼiy nafas yetkazib beruvchi apparat, boshqa tibbiy moslamalarni xarid qilish uchun resurslarni yoʻnaltirish imkoni tugʻildi. Shu vaqtda 500 ta sunʼiy nafas apparat, 60 UZI apparat, 10 ta PSR apparat, 60 ta defibrillyator, 90 kardiomonitor, 500 pulsoksimetrlar xarid qilindi.

    Individual himoya vositalari qoʻyidagi miqdorda xarid qilindi: 878 ming.dona kombinezonlar, 502 ming dona respiratorlar, 7,4 mln. juft qoʻlqoplar, 200 ming dona himoya koʻzoynaklari, 7,2 mln. dona maskalar i 29 ming dona pirometrlar. Ular tegishli tarzda hududlarga yetkazilmoqda. Bularning barchasi tibbiyot xodimlari sogʻligʻini saqlashga imkon berdi. Biz shifokorlarga ommaviy ravishda kasallik yuqishini oldini ola bildik. Misol uchun, Nyu-Yorkda voqealarning bu tarzda rivojlanishi ayrim klinikalardagi tibbiy personal sonining keskin kamayib ketishiga olib keldi.

    Shu bilan birga 16 ta tibbiy muassasalar qayta moslashtirildi. Toshkent shahrida 4 637 oʻrinli 16 ta davolash profilaktika muassasalari faoliyat yuritayotgan boʻlib, bundan 3 580 oʻrin COVID-19 ga chalingan bemorlar uchun ajratildi.

    Respublika viloyatlarida COVID-19 bilan ogʻringan bemorlar uchun esa 3 367 koykalar ajratildi, shuningdek, 22 davolash profilaktika muassasalarida 7 130 rezerv oʻrinlar shay qilingan. Bundan tashqari, Toshkent viloyati Zangiota tumanida 1 ming oʻrinli yangi yuqumli kasalliklar shifoxonasi barpo qilindi.

    Italiya, Ispaniya, AQSH mamlakatlarida kuzatilgani kabi tibbiyot tizimiga maksimal bosim sharoitida bunday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishning imkoni boʻlmasdi. Ijtimoiy-iqtisodiy jihati 6. Davlat oʻz majburiyatlaridan voz kechmayapti, aksincha javobgarlikni oʻz zimmasiga olmoqda va fuqarolarni qiyinchiliklar oldida oʻz holiga tashlab qoʻymayapti.

    – shu yil martdan-iyungacha Respublikada pandemiyaning aholi turmush darajasi va iqtisodiyotga taʼsirini kamaytirishga qaratilgan davlat Rahbarining 14 ta farmon va qarorlari qabul qilindi. Natijada 500 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga imtiyozlar berildi.

    Imtiyozlarning jami miqdori 30 trln soʻmni tashkil etdi.

    – pandemiyaning salbiy taʼsirini yumshatish uchun haqiqatdan ham katta mablagʻ sarflandi. Aholini, iqtisodiyot tarmoqlarini va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun boʻyicha koʻrilgan chora tadbirlarning umumiy qiymati 62,4 mlrd. soʻmga (6,13 mlrd. doll) baholandi.

    7. Bandlikni taʼminlash, ish oʻrinlari va ishchilarning daromadlarini saqlash uchun katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi va katta mablagʻlar sarflandi.

    – vaqtincha ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 230 mingga yaqin ishsiz fuqarolar ish bilan taʼminlandi;

    – 33 mingdan ortiq oilalar shaxsiy tomorqalarini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil etish uchun kam taʼminlangan oilalarni subsidiyalash mexanizmi tufayli ish bilan taʼminlandi;

    – aholi oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan subsidiyalar hisobiga 3 ming ishsiz fuqaro ish bilan taʼminlandi;

    – 20 ming kishiga ishsizlik nafaqalari berildi;

    – 374 ming fuqaro uch oy davomida ish bilan taʼminlanib, doimiy daromadga ega boʻldi;

    – 27 ming ishsiz fuqarolarimizga moddiy yordam koʻrsatish maqsadida nafaqalar toʻlash uchun 10 milliard soʻm ajratildi;

    – 2020-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va fuqarolarning daromadlarini oshirish uchun oilaviy biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar miqdori 4 trillion soʻmni tashkil etadi.

    8. Mamlakatda, qoʻshni mamlakatlar, hatto Yevropa va AQSHdan farqli oʻlaroq, pandemiya vaqtida asosiy birlamchi ehtiyojlar boʻyicha ommaviy yetishmovchilikning oldi olindi. Bularning barchasi vaziyatni barqarorlashtirish va oziq-ovqat, dori-darmonlar, antiseptiklar va dezinfeksiyalash vositalari bozorini nazorat qilish boʻyicha tezkor choralar koʻrish natijasida boʻldi.

    9. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ham eʼtibordan chetda qolmadi. Asosiy oʻzgarishsiz qoladigan narsa – fuqarolar sogʻligini saqlash, ijtimoiy majburiyatlarni bajarish. Oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, 583 mingta “kam taʼminlangan oilalar” moliyaviy yordamga muhtojligi aniqlandi, xususan “Saxovat va koʻmak” umummilliy harakati doirasida 307 milliard soʻmdan ortiq miqdordagi moliyaviy yordam koʻrsatildi.

    10. Koronavirus pandemiyasi odatdagi tartibni butunlay oʻzgartirdi, pandemiyadan keyin oldingi odatiy hayotga qaytish boʻlmaydi. Aholining ehtiyojlari, iqtisodiy holat oʻzgarib boradi. Bunday sharoitda davlat har bir insonga minimal daromad berishini kutish mumkin. Va albatta, boshqa yoʻldan ham borish mumkin – taqdim etilgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish.

    Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini faollashtirish barcha sharoitlar yaratilmoqda, bandlikni taʼminlash uchun turli loyihalar amalga oshirilmoqda, oʻz ishini tashkil etish uchun qayta oʻqitish va malakasini oshirishga subsidiyalar berilmoqda. Barchasi har birimizning qanday yoʻl tanlashimizga bogʻliq. Bu borada boqimandalik kayfiyatiga berilish, shubhasiz hech qanday foydasiz yoʻldir. Boshqacha aytganda, “baliqning qarmoqqa ilinishini kutib oʻtirish emas, balki qarmoqni ishlatadigan vaqt” keldi. Bunday pallada muvaffaqiyat yangi voqelik va sharoitga oʻz vaqtida moslasha oladigan hamda imkoniyatlardan oqilona foydalanishga asoslanadi.

    11. Hozirgi bosqichdagi cheklov choralari oldingilaridan obyektiv tarzda farq qiladi. Cheklov choralari asosan xizmat koʻrsatish sohasi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, yaʼni odamlar ommaviy toʻplanadigan joylar bilan bogʻliq. Iqtisodiyot toʻxtab qolmaydi, iqtisodiy faollikning umumiy pasayishi kutilmayapti. Aksincha, sentyabr oyiga qadar vaqtincha faoliyatini toʻxtatib turgan korxonalarning kamida 70 foiz, yil oxirida esa barcha korxonalarning oʻz ishini davom ettirishi rejalashtirilmoqda.

    Ishchi-xodimlarning masofaviy ish tartibiga oʻtishida ularning barcha huquqlari taʼminlanadi, ish beruvchilar ish haqi toʻlash bilan bogʻliq majburiyatlarini bajarishadi. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish respublika markazi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, hattoki qatʼiy karantin davrida ham 72 foiz fuqarolar oʻz ish joylari va daromad manbalarini saqlab qolishgan. Faqatgina 17,3 foizigina navbatdagi mehnat taʼtilida ekanini bildirishgan.

    12. Cheklov choralari asosan xizmat koʻrsatish, koʻngilochar maskanlar, umumiy ovqatlanish sohalari va buyum bozorlari faoliyatiga daxldor. Yaʼni, kundalik hayot uchun oʻta zarur boʻlmagan sohalarni qamrab olgan. Agarda bunga turli tomondan qaraydigan boʻlsak, bu borada ayrim ijobiy holatlarni koʻrish mumkin. Jumladan, aholi ikkinchi darajali – zarur boʻlmagan sarf-xarajatlardan oʻzini tiyadi. Aksincha, qoʻshimcha mablagʻ uchun imkoniyat vujudga keladi.

    Ushbu jarayonda yuqorida koʻrsatilgan sohalar asosiy “jabrlanuvchilar” sifatida yuzaga chiqadi. Ayni vaqtda, ular ham bunday sharoitga moslashishlari va undan imkoniyat sifatida foydalanishlari mumkin. Jahon tajribasi bunga misol boʻla oladi. Hozirda bozor va savdo shoxobchalari elektron savdoni faol oʻzlashtirmoqdalar, umumiy ovqatlanish joylari esa yetkazib berishga moslashmoqda va h.zo. Shu bois, ular uchun asosiy vazifa pandemiya va undan keyingi davrda real voqelik va hayotning yangi talablariga moslashishdan iboratdir.

    13. Oʻzbekiston sharoitida majburiy toʻlovlar va “vertolyot pullari” uslubini qoʻllash maqsadga muvofiq emas. Nima uchun? Buni quyidagi misollar orqali tushuntirish mumkin.

    – AQSHda daromadi 75 ming dollar boʻlgan har bir fuqaroga 1,2 ming dollar, oiladagi har bir bolaga esa 500 dollardan toʻlanadi. Ushbu miqdor yalpi milliy daromadning mamlakatning aholisi jon boshiga 1,8 foizini tashkil qiladi. Agarda ushbu hisoblash Oʻzbekistonda qoʻllanadigan boʻlsa, toʻlov miqdori har bir ishlovchi fuqaroga 383 ming soʻmni va farzandlar uchun 100 ming soʻmni tashkil qilgan boʻlar edi.

    Respublika miqyosida bu shubhasiz, mablagʻning sochilishiga olib keladi. Bunday sharoitda “vertolyot pullari”ni tarqatishning asosiy maqsadi boʻlgan talabni ragʻbatlantirish xususida gap-soʻz boʻlishi mumkin emas.

    – Oʻzbekiston sharoitida Gonkong variantini tasavvur qilib koʻramiz. Gonkongda 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolarga 1,2 ming dollar toʻlanmoqda – bu taxminan 7 mln. odam. Aholiga toʻlanayotgan mablagʻ 9 mlrd. dollarni yoki mamlakat YAMMning 2,5 foizini tashkil qiladi. Agarda mamlakatimizda 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolarga (bu deyarli 23 mln. kishi) 1 ming dollardan beriladigan boʻlsa, jami toʻlov miqdori 23 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Bu koʻrsatkich, oʻz navbatida, mamlakat YAMMning 38 foizini va oltin-valyuta zaxirasining 77 foizini (hozirda jami zaxira miqdori 30 mlrd. doll.ga teng) tashkil qiladi.

    – inflyatsiya darajasi va byudjet taqchilligini oshirish ehtimolini vujudga keltiradigan “vertolyot pullari”dan farqli nafaqat haqiqiy ehtiyojmand kishilarga yordam, balki ularning iqtisodiy faolligini ragʻbatlantiruvchi model mavjud. Bunda aholining kam taʼminlangan qatlamiga manzilli yordam tashkil qilinadi, iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlovchi va odamlarni ish va daromad bilan taʼminlashga qaratilgan zaxira imkoniyatlari qoʻllanadi.

    Bu kelgusida shubhasiz, bir martalik pul toʻlovlariga qaraganda katta iqtisodiy samara beradi.

    14. Oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Oʻzbekiston pandemiyaning negativ taʼsirlari oqibatida iqtisodiyotida pasayish kuzatilmayotgan, balki iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5 foizgacha kamayadigan kamsonli mamlakatlar sirasiga kiradi. Bu raqam boshqa koʻplab mamlakatlardan ancha yuqori koʻrsatkichdir.

    15. Davlat mamlakatimiz va butun dunyoda nostabil epidemiologik davrda iqtisodiyotga, avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari koʻradigan zararni minimallashtirish maqsadida ongli ravishda iqtisodiy va moliyaviy xarajatlarni oʻz boʻyniga oldi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trln. soʻm miqdorda soliq imtiyozlari berdi va Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan ularni qoʻllab-quvvatlash uchun 3,6 trln.soʻm ajratdi.