Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar berishicha, yuqorida qayd etilgan besh yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlarning deyarli yarmi hayotining birinchi oyida vafot etgan. Bunga, asosan, erta tugʻilish va tugʻruq chogʻidagi asoratlar sabab boʻlgan.
Nisbatan katta yoshli bolalar oʻlimi esa koʻproq yuqumli kasalliklar, jumladan, oʻtkir respirator virusli infeksiyalar, pnevmoniya, bezgak va diareya tufayli kelib chiqqan.
Bundan tashqari, oʻlik tugʻilish holatlarining 45 foizi tugʻruq paytida sodir boʻlgan. Ona organizmidagi infeksiyalar, tugʻruqning ogʻir kechishi yoki oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilmasligi asosiy omillar sirasidan.
Shunga qaramay, oʻtgan 8-yil ichida sayyoramizda bolalar oʻlimi ilk bor rekord darajada qisqarishi tarixiy natijadir.
Emlash dasturlari, toʻgʻri ovqatlanish, dori-darmon, toza ichimlik suvi taʼminoti va sanitariya sharoitlari yaxshilanishi bunda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ammo, ekspertlar fikricha, erishilgan koʻrsatkichlar hali yetarli emas. Bu sohada saʼy-harakatlarni jadallashtirish orqali yana millionlab bolalar oʻlimining oldini olish imkoniyati mavjud.
Hisobotda qayd etilganidek, bolaning omon qolish ehtimoli koʻp jihatdan uning tugʻilgan joyiga bogʻliq. Masalan, kichik yoshli oʻgʻil-qizlarning nobud boʻlishi oʻlim darajasi eng baland davlatda bu koʻrsatkich eng past mamlakatga qaraganda 80 baravar yuqori.
“Bunday tafovutlarni kamaytirish nafaqat maʼnaviy majburiyat, balki butun dunyoda barqaror rivojlanish va tenglik yoʻlidagi muhim qadamdir“ — deyiladi hisobotda.