Mazkur holat tuman IIB tomonidan aniqlangan va Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga xabar berilgan.
Boshqarma xodimlari holat yuzasidan tezkor oʻrganish oʻtkazishi jarayonida mazkur Yoʻlbars pitoni uzunligi 2.78 metr eni 28 sm ekanligi maʼlum boʻldi.
Aslida mazkur pitonlarning tana uzunligi jinsga (urgʻochilar odatda erkaklarnikidan kattaroq) va turmush tarziga qarab 1,5 dan 4 metrgacha yoki undan koʻp oʻzgarishi mumkin. Ushbu tur uchun qayd etilgan eng katta uzunlik 4,6 M, vazni esa 52 kg. rangi oʻzgaruvchan.
Tanada har xil shakldagi katta toʻq jigarrang dogʻlar och sargʻish-jigarrang yoki sargʻish-zaytun fonida tarqalib, murakkab naqsh hosil qiladi. Burun teshigidan boshlab boʻynidagi dogʻlarga aylanadigan qorongʻi chiziq koʻzdan oʻtadi. Boshqa chiziq koʻzdan pastga tushadi va yuqori lab qalqonlari boʻylab ishlaydi. Boshning tepasida qorongʻi oʻq shaklidagi nuqta bor. Mazkur ilonlar tutqunlikda 25-yilgacha umri koʻrishadi.
Hozirda Yoʻlbars pitoni Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi himoyasiga olinib, Zarafshon milliy tabiat bogʻi reabilitatsiya markazida bogʻ mutaxassislari tomonidan maxsus koʻrikdan oʻtkazilmoqda va vaqtincha saqlanmoqda.