Samarqandda oʻtkazilgan talabalar konferensiyasida Nobel Mukofoti sovrindori chiqish qildi

    Voqea-hodisalar 19 Iyun 2024 954

    Mamlakatimiz boʻylab «Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida yoshlar festivallari, forumlar va konferensiyalar boʻlib oʻtmoqda.

    Xuddi shunga o’xshagan ijodkor youshlar forumi iyun oyida Samarqand shahrida “Shaping the Science”(Ilm-fanni yoshlar ongida qayta shakllantirish) shiori ostida tashkil etildi. Konferensiyani ochilish marosimida Nobel Mukofoti sovrindori Gerold Vermus kirish so’zi bilan qatnashdi, va konferensiya ishtirokchilarga omad tiladi. Shuningdek, G.Vermus hozirgi kunda mamlamakatimiz ilmiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqiz aynan yosh avlodning qo’lida ekanligini ta’kidladi.

    "Hozirgi kunda mamlakatimiz yoshlarining STEM ya’ni ilm-fan, texnika, injeneriya va tibbiyot sohalarida o’z bilimlarini oshirishi, jahon standartlariga mos keluvchi ta’lim dasturlarini o’rganishi ko’plar imkoniyatlar mavjud. Bugungi “Shaping the Science”(Ilm-fanni yoshlar ongida qayta shakllantirish) shiori ostida tashkil etilgan konferensiya yoshlarimiz o’z loyihalarining taqdim etishlari va mahalliy hamda xorijiy OTMlarda tahsil olayatgan o’rtoqlari bilan fikr almashishi uchun platforma bo’lib xizmat qiladi." - deydi konferensiya tashkilotchilaridan biri, O'zbekistondagi birinchi DELTA dimplomini qo'lga kiritgan Soliyev Muxammadxon.


    Konferensiya ishida mahalliy va xorijiy oliygohlarning 20 dan ziyod professor o’qituvchilari, jahonning 10 dan ziyod nufuzli universitetlari talabalari ishtirok etishdi, va o’zining tengdoshlariga mahorat darslari va masterklasslar tashkil etishdi.

    Shuningdek, konferenisya davomida 14-yoshli Mahmud Xamrayev va Saidafzal Shukrov tomonidan yaratilgan, sun’iy intellekt asosida boshqariladigan “Robo Arm” loyihasi taqdimoti konferensiya ishtirkochilari tomonidan yuqori baholandi.


    Konferensiya so’ngida mahalliy oliygoh talabalari Johns Hopkins, Cornell University, New York University (AQSh), Hong-Kong University (Xitoy) va Constructor University (Germaniya) talabalari bilan davra suhbati tashkil etishdi va hozirgi kunda turli mamlakatlarda ta’lim tizimi qanday yo’lga qo’yilganini muhokama qilishdi.