Mazkur jadvalga koʻra, bugungi kunda birinchi bosqichda samarqandlik rahbarlardan 150 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtib, davolanmoqda. Jumladan viloyat hokimi (E.Turdimov), viloyat prokurori (R.Masharipov), viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Sh.Rahmonov) va viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Inagʻomov) boshliqlari Toshkent shahrida, 3 nafar viloyat hokimining maslahatchilari (yordamchi), 48 nafar sektor rahbarlari (tuman/shahar prokurorlari, IIB va DSI boshliqlari), 96 nafar tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari viloyat tibbiyot markazlarida tibbiy koʻrikdan oʻtib, zaruriy muolajalarni olmoqda. Muolajalar joriy yilning 27-yanvariga qadar davom etishi belgilangan.
Ikkinchi bosqichda (28-yanvardan 7-fevralgacha) Samarqanddan yana 24 nafar (8 nafar viloyat hokimining oʻrinbosari, 16 nafar tuman va shahar hokimlari) rahbarlar Toshkent shahrida tibbiy koʻrikdan oʻtib, davolanishi koʻzda tutilgan.
Samarqanddan qaysi rahbarlar salomatligini tiklash uchun taʼtilga chiqqan?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlari tibbiy koʻrikdan oʻtish va davolanish uchun 7-fevralgacha boʻlgan muddatda 2 bosqichda qisqa muddatli taʼtilga chiqmoqda.
Raqobat qo‘mitasi taksi aggregatorlaridan narxlarni hisoblash algoritmlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi
- Baxtiyor Rahmonqulov FVV Inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi
- Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak?
- IT Park Uzbekistan Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb topildi
- Oʻzbekiston – Vyetnam munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Ohangaronda bogʻchada tarbiyalanuvchi bola hasharotlarga qarshi vositani ichib, vafot etdi