Davlatimiz rahbari o'tgan yili pandemiya davrida tibbiyot sohasi mutaxassislariga bir necha bor murojaat qilib, koronavirusga qarshi vaktsina topilishi bilan uni mamlakatimizga keltirish uchun barcha zarur choralar ko'rilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan, yurtdoshlarimiz salomatligini asrash eng muhim vazifa ekanini ta'kidlagan edi.
Prezidentimizning topshirig'iga binoan olib borilgan izchil va samarali sa'y-harakatlar tufayli 1 apreldan mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlari boshlandi.
Aprel` oyi davomida Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219 ta emlash punktida 142,3 ming kishi emlanishi rejalashtirilgan bo'lib, birinchi navbatda, 65 yoshdan kattalar va koronavirus infektsiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo'lgan tibbiyot xodimlarini emlash ko'zda tutilgan. Keyin surunkali kasallikka chalinganlar, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalari, Qurolli Kuchlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari emlanadi. Zero, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyasi va dunyodagi boshqa davlatlar tajribasi ham kasallikni yuqtirib olish xavfi yuqori bo'lgan aholi vakillari — 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari tufayli dispanser nazoratida turganlarni birinchi galda ommaviy emlash zarurligini ko'rsatmoqda. Vaktsinatsiya jarayonida ZF-UZ-VAC2001 — o'zbek-xitoy vaktsinasi va Evropaning AstraZeneca vaktsinasidan foydalanilyapti.
emlash tadbirlari uchun mamlakatimiz bo'ylab 3 ming 138 ta emlash punkti va 862 ta harakatdagi tibbiy brigada shay holatga keltirildi. Hududlarga vaktsinalarni tashish uchun COVAX dasturi doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven va 16 ta engil avtotransport vositasi etkazildi. Jarayonga 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o'rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.
Ayni paytda Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan aholini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash punktlarida vaktsinatsiya jarayoni qizg'in va ko'tarinki ruhda kechmoqda. YUrtdoshlarimiz o'zi va yaqinlarining salomatligini o'ylagan holda vaktsina qabul qilyapti.
Jumladan, Andijon shahridagi tibbiyot muassasalarida o'tkazilayotgan emlash tadbirlari ham Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga muvofiq uyushqoqlik bilan olib borilyapti.
— Poliklinikamiz 81 ming aholiga tibbiy xizmat ko'rsatadi. SHulardan 3226 nafari 65 yoshdan yuqori bo'lgan fuqarolardir. emlash tadbirigacha aholi orasida vaktsinatsiyaning nechog'li muhimligi haqida izchil tushuntirish, targ'ibot-tashviqot ishlarini o'tkazdik. YUrtdoshlarimiz jarayonning ahamiyatini qay darajada tushunganini bugun ertalabdan emlanish uchun kelgan otaxon va onaxonlarning yuziga qarab bildik. Ularning jarayonga chin dildan, mas'uliyat his etib yondashganidan mamnun bo'ldik, — deydi Andijon shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori SHoira Komilova. — Hozir ikkita xonada uch shifokor va to'rt nafar hamshira fuqarolarni emlayapti. Favqulodda vaziyatlar va sog'liqni saqlash boshqarmalari vakillari, reanimatolog, immunolog jarayonni kuzatib boryapti. Har ehtimolga qarshi to'rtta reanimatsiya koykasi hozirlab qo'yilgan. Ming qatla shukrki, hozircha emlanganlarda biror noxush alomat kuzatilmadi. Jumladan, o'zim boshliq poliklinikamizning aksariyat tibbiyot xodimlari emlandi. O'zimizni yaxshi his etyapmiz.
Poytaxtimizning SHayxontohur tumanidagi 47-sonli oilaviy poliklinikada ham emlash jarayoni davom etmoqda. Vaktsina qabul qilishga kelgan fuqarolarni tibbiyot xodimlari avval to'liq tibbiy tekshiruvdan o'tkazyapti. emlangandan so'ng bemor amal qilishi zarur bo'lgan tavsiya va maslahatlarini bermoqda.
— erta tongdan emlash jarayonini boshlab yubordik. Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan shifokor va hamshiralardan iborat uchta brigadamiz emlash tadbirlarini amalga oshirmoqda. — deydi poliklinika bosh shifokori Nilufar Kuvnakova. — Muassasamiz 29 ming 132 nafar aholiga xizmat ko'rsatadi. emlashning birinchi bosqichida 6 ming 500 nafar aholi qamrab olinadi. Hududimizda 65 yoshdan yuqori bo'lgan aholi vakillari 655 nafarni tashkil etadi. Dispanser nazoratida bo'lgan 18 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan fuqarolar 5 ming 368 nafar bo'lsa, tibbiyot xodimlari 103 nafar, maktab va bog'chada faoliyat yurituvchilar esa 370 nafardan ortiq. Ular birinchilar qatori emlanadi. Poliklinikaga kelish imkoniyati bo'lmagan bemorlar uchun maxsus mobil` tibbiy yordam xizmati ham tashkil etilgan. Ular fuqarolarni uylariga borib vaktsinatsiya qilmoqda. Ko'plab tibbiyot xodimlari qatorida o'zim ham koronavirusga qarshi emlandim.
Hududlardagi aholini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash punktlarida vaktsina qabul qilgan yurtdoshlarimiz davlatimiz tomonidan yaratilganidan bu imkoniyatdan unumli foydalanishga intilyapti. Jumladan, Guliston shahridagi “Bog'ishamol” mahallasida istiqomat qiluvchi 85 yoshli Kim Galina ham bugun emlandi. Momoning aytishicha, o'tgan yili koronavirus xastaligiga chalingan. Biroq xastalikni engil o'tkazgani uchun uyda davolangan. To sog'ayib, oyoqqa turgunicha poliklinika shifokorlari sog'lig'ini muntazam nazorat qilib turishdi. emlash jarayoni boshlangach, koronavirusga qarshi vaktsina olishga birinchilardan bo'lib keldi.
Pandemiya davom etayotgan ayni kunlarda sanoqli davlatlardagina emlash tadbirlari o'tkazilyapti. Sababi, birinchi navbatda, ishonchli vaktsina topish dolzarb masala bo'lsa, ikkinchidan, jarayonni tashkil etishga sarflanadigan mablag' va boshqa resurslar koronavirus tufayli bir muddatlik iqtisodiy turg'unlikdan chiqqan o'lkalarga qiyinchilik tug'dirmoqda. Aholisini virusga qarshi emlatayotgan kamsonli mamlakatlar qatorida O'zbekiston ham borligi yurtimizda inson qadr-qimmati, salomatligi hamma narsadan ustuvor masala ekaniga yorqin dalildir.