Kashfiyot hujayralar nazoratsiz bo'linishini keltirib chiqaradigan va o'smalar paydo bo'lishiga olib keladigan, HER2 oqsilining mutant versiyasini taniy oladigan antitanachalarni ishlab chiqishga asoslangan.
Dori vositasi faqat mutant oqsilga ta'sir qiladi, sog'lom hujayralardagi normal holatdagi muqobillariga ziyon yetkazmasdan qoldiradi, bu esa nojo'ya ta'sirlar xavfini kamaytiradi.
Antitanachalarni ishlab chiqish uchun tadqiqotchilar tabiiy antitanachalar ishlab chiqarishga taqlid qiluvchi usuldan foydalanishdi, ular bir necha bor mutatsiya va saralash jarayonidan o'tkazildi. Maqsad mutant HER2ni oqsilning oddiy versiyasidan ajrata oladigan variantlarni ishlab chiqarish edi, ularning o'xshashligi tufayli avvallari bu juda qiyin jarayon, deb hisoblangan.
Saraton hujayralarini nishonga olishni kuchaytirish uchun tadqiqotchilar mutant HER2 bilan bog'langan va bir vaqtning o'zida saraton hujayralarini nobud qilish uchun immun T-hujayralarini faollashtiradigan bispetsifik T-hujayra faollashtiruvchisini ishlab chiqishdi. Sichqonlar ustida o'tkazilgan testlar nojo'ya ta'sirlarsiz o'simta o'sishining sezilarli darajada kamayishini ko'rsatdi.
Tadqiqotchilar boshqa saraton mutatsiyalarini davolash uchun antitanachalarni ishlab chiqish va ularning xususiyatlarini yaxshilashni davom ettirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.