Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiy davlatlar sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi.