Oʻrganishlar davomida karmana tumanidagi “LOLA KARMANA” korxonasida 2 turdagi sement sotilayotganli maʼlum boʻldi. Shuningdek, PS 400-D20 sement mahsulotiga tegish boʻlgan sifat guvohnomasi yoki mahsulotni sifatini tasdiqlovchi biror hujjat sotuvchi tomonidan taqdim etilmadi. SEM II/A –K (P-I) 32,5 N markali sement mahsulotiga tegishli yuk xati bilan kelgan, ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan sifat guvohnomalari mavjud.

Oʻrganilgan 2 turdagi sement mahsuloti qoplari tamgʻasida “Qizilqumsement” AJ tomonidan ishlab chiqarilganligi koʻrsatilgan. Jamiyatda sement mahsulotlarini saqlashga oid meʼyeriy hujjatlar mavjud emas, qoʻllanilayotgan 1-dona 150 kq elektron tarozi qiyoslanmagan, deya xabar beradi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Matbuot xizmati.

Oʻrganish vaqtida sement mahsulotini saqlashga doir meʼyeriy hujjatlar talablarini oʻrganib chiqish va oʻlchash vositalarini qiyoslash boʻyicha mutasaddilarga tushuntirishlar berildi.