Materialda xorijiy investorlarning Oʻzbekistondagi franchayzing asosida olib boradigan faoliyatining huquqiy asoslari, respublikada ushbu sohada yaratilgan meʼyoriy-huquqiy baza haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Muallif Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar xorijiy kompaniyalar uchun keng imkoniyatlar ochayotganini taʼkidlagan. Xususan, respublikada franchayzing tobora jozibador boʻlib bormoqda.
Franchayzing - bu mahsulot va xizmatlarni tarqatish usulidir. Yaʼni, bu muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni koʻpaytirishning bir yoʻli hisoblanadi.
Oʻzbekiston bilan sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishning yangi istiqbollari tavsiflangan maqola Saudiya arabistonilik investorlarni mamlakatimizga jalb qilishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.