Sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini ishlari takomillashtiriladi

    Salomatlik 29 Noyabr 2023 796

    Fargʻonada 29-noyabrda “Oʻzbekistonda ayollarga ambulator yordam: muammolar va yechimlar” mavzusida hududiy ilmi-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

    Konferensiyani oʻtkazishdan asosiy maqsad — sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinida yashash joyi boʻyicha poliklinkalar va ayollar konsultatsiyalarida tugʻruqqa qadar yordam koʻrsatishda mutaxassislarning malakasini oshirishdir.

    Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaBSIATM DK) tomonidan tashkil etilgan.

    RIOvaBSIATM tomonidan kiritilgan oʻzgarishlarning asosiy maqsadlaridan biri —markazning va birlamchi tibbiy-sanitar yordam faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlab beruvchi yagona tizimni joriy etishdir.

    Bunday yagona tizimni yaratishdan shuningdek, poliklinikalarda tugʻruqqa qadar yordam koʻrsatuvchi shifokorlarning bilimini oshirish, profilaktika boʻyicha, yuzaga keladigan muammolarni erta tasxishlash boʻyicha ularning imkoniyatlarini kengaytirish maqsad qilingan.

    Konferensiyada mutaxassislar yana bir qator dolzarb mavzularni koʻrib chiqdi. Ular orasida antenatal baholashga va davolashga zamonaviy yondashuv, tibbiy profilaktika tizimini hamda onalar salomatiligini muhofaza qilish patronajini, Fargʻona vodiysi viloyatlarida antenatal davolash xizmatini takomillashtirish ham mavjud.

    Konferensiya auditoriyasining asosiy qismini oilaviy va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar shifokorlari tashkil etdi.

    Bugun ona boʻlishga tayyorgarlik koʻrayotgan ayollar salomatligi poliklinika shifokorlaridan boshlab yuqori malakali mutaxassislargacha boʻlgan ishonchli qoʻllarda boʻlishi uchun katta hamkorlikdagi ish olib borilyapti.

    Aynan ana oʻshalar zimmalariga ularga tibbiyot brigadalarini tashkil etish yuklatilgan.

    Brigadalarning asosiy vazifalari oʻz hududlaridagi xavf-xatar omillari mavjud boʻlgan va stomatik kasalliklar bilan kasallangan homilador ayollarni aniqlash, ularni tugʻruqqacha boʻlgan barcha kuzatuv bosqichlaridan oʻtishi hamda xalqaro amaliyotlarga muvofiq davolanishi uchun hisobga qoʻyishdan iborat boʻladi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.