Dunyoda koronavirus pandemiyasi eʼlon qilinganidan buyon roppa-rosa 3 yil oʻtdi. Bu davrda kasallik qariyb 6,8 million nafar kishini hayotdan olib ketdi.

Eng yomoni, hozir ham qator mamalakatlarda epidemiologik vaziyat murakkab. Virus Yer yuzi boʻyicha oyiga 80-90 ming odamning oʻlimiga sabab boʻlyapti. Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti SOVID-19 pandemiyasini yana uch oyga uzaytirishga majbur boʻldi.

Boz ustiga, soʻnggi oylarda turli mintaqalarda “omikron” shtammining XBB.1.5 subvarianti keng tarqalmoqda. U hozirgacha bizga maʼlum mutatsiyalar orasida eng yuquvchani sifatida baholanyapti.

Ammo mutaxassislarni tashvishga solayotgan omil shundangina iborat emas. Negaki, bu dard vaqt oʻtishi bilan qator xavfli asoratlarini ham namoyon qilmoqda.

Shulardan eng koʻp uchrayotgani — tromboz. U ortiqcha vazn, semizlik va qandli diabet kabi metabolik kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarda ayniqsa, koʻp kuzatilyapti.

U ortiqcha vazn, semizlik va qandli diabet kabi metabolik kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarda ayniqsa, koʻp kuzatilyapti.

Ikinchi xavfli asorat — yurak faoliyati buzilishi. Gap shundaki, virus qon tomirlari, oʻpka, yurak va boshqa organlar toʻqimalariga kirgach, ularni yoʻq qilib, yalligʻlanishni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, miokardit yuzaga kelishiga sabab boʻlyapti.

Uchinchi xavfli asorat — depressiya va xotira susayishi. Pandemiya boshlanganidan buyon shifokorlar COVID-19ni boshdan oʻtkazgan bemorlarda xuddi shu alomatlarni qayd etishmoqda.

Toʻrtinchi xavfli asorat — insult. Bu mazkur infeksiya oqibatida miya tomirlarida kuzatilayotgan yalligʻlanish jarayoni bilan bogʻliq.

Beshinchi xavfli asorat — oʻpka fibrozi. Koronavirusli pnevmoniyaga chalingan bemorlarda tegishli muolajalardan soʻng, oʻpkada chandiqlar hosil boʻlib, bu nafas olish samaradorligi pasayishiga olib keladi.

Oltinchi xavfli asorat — son suyagi, yelka, tizza boʻgʻimlari yemirilishi bilan kechmoqda. Oqibatda endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni koʻpaymoqda.