Viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tobora ommalashmoqda. Xususan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida kichik quyosh elektr stantsiyasi o'rnatildi. Ushbu qurilma binoni kunduz kuni elektr energiya bilan to'liq ta'minlaydi.
Mazkur quyosh elektr stantsiyasining quvvati 30 kilovattga teng. Shuningdek, binoda 56 ta quyosh paneli hamda 2 ta 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari ham ishga tushirildi. Natijada 30—40 foiz energiya tejalishiga erishildi.