Suv havzalaridagi karyerlarni o‘rganishda qanday kamchiliklar aniqlanmoqda?

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi va mahalliy xokimiyat organlari vakillaridan iborat Ishchi guruhi tuzildi va suv havzalarida joylashgan litsenziyali karyerlarning faoliyati oʻrganib chiqilmoqda.

    2021-yil 23-sentyabrdan 8-oktyabrgacha ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatida – 28 ta, Qashqadaryo viloyatida - 6 ta, Surxondaryoda – 4 ta, Namanganda – 3 ta, Samarqandda – 2 ta, Sirdaryo viloyatida – 8 ta karyerlarda litsenziya shartlari va qonunchilik talablari ijrosi oʻrganildi.

    Jumladan, Toshkent viloyati Chirchiq daryosida joylashgan 8 ta tadbirkorlik subyektlari oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida quyidagilar aniqlandi:

    “NERUDNIK-SERGELI” MCHJ tomonidan Chirchiq daryosining oʻzanida tartibsiz ravishda kelishilgan loyihaviy yechimlarga rioya qilinmagan holda qazish ishlari olib borilgan, chuqurlashish, belgilanmagan joylardan qazish kabi holatlar aniqlangan. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan. Ishlab chiqarish faoliyati davomida hosil boʻlayotgan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnoma tuzulmagan, hududga qurilish chiqindi uyumlari joylashtirilgan.

    “NOVATEC INVEST” MCHJ faoliyati uchun “Ekologik oqibatlar bayonoti” (ZEP) ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologik ekspertizasining 2018-yil 15-oktyabrdagi 03-01/13-08-2176-sonli ijobiy xulosasi berilgan boʻlib, u 2021-yil 14-oktyabrga qadar amal qilish muddatiga ega. Korxona tomonidan daryo oʻzani kengaytirib yuborilgan, keragidan ortiqcha chuqur qazilgan, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan. Ishlab chiqarish faoliyati davomida hosil boʻlayotgan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun tegishli tashkilot bilan shartnoma tuzilmagan.

    “DX-BAX INVEST” MCHJ ga tegishli qum-shagʻal qazib olish koni mavjud emas. Qum-shagʻalni litsenziyasi mavjud tashkilotlar bilan shartnoma asosida olib qayta ishlashi aniqlandi. Korxona hisobida tosh maydalash va saralash sexi boʻlib, sexda Davlat ekologik ekspertizasining xulosasida quyidagi talablar berilgan. Ishlab chiqarish faoliyatida hosil boʻlgan oqava suvlarni 20 m/kubli uch etapli betonlangan gidroximoyalangan xandaqqa oqizib keyinchalik yaqin joylashgan tozalash inshootiga oqizishi belgilangan boʻlib, amalda korxonada xandaq mavjud emas, ishlab chiqarishdan hosil boʻlgan oqova suvlar toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq relyefga oqizilayotganligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, korxona faoliyati davomida yuk tashuvchi texnikalar yuklarni chayegitmaslik maqsadida yoʻllarni kengaytirish va asfaltlangan yoʻllarda yurishini taʼminlash boʻyicha shartlar bajarilmagan.

    “INERT MATERIALLAR” MCHJ uchun ishlab chiqilgan “Ekologik oqibatlar bayonoti” (ZEP) Davlat ekologik ekspertizasining 2018-yil 30-apreldagi 03-0105/13-08-867-sonli ijobiy xulosasi berilgan boʻlib, amal qilish muddati 2021-yil 29-aprelda oʻtgan boʻlsada, tegishli ekologik normativ hujjatlar ishlab chiqilmagan. Korxona tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan.

    “Arislom va Islom” MCHJ ga 2019-yil 14-oktyabrʼ sanasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan yer qaʼridagi noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqini beruvchi litsenziya rasmiylashtirilgan. Davlat Ekologiya qoʻmitasidan 2019-yil 8-may kuni 0101/10-08-860 -sonli ekologik ekspertiza xulosasi (ZVOS) olingan, Ekologik Ekispertiza toʻgʻrisidagi qonun talablariga zid ravishda konni qazish ishlari jarayonida atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi bayonot (ZEP) meʼyoriy xujati ishlab chiqilmagan. Qum-shagʻal aralashmalarini qazib olish davomida kon ajratish dalolatnomasi orqali berilgan kon chegaralaridan tashqariga chiqib qum-shagʻal aralashmalarini olib borgan. Bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Muxofaza etiladigan tabbiy xududlar toʻgʻrisidagi qonunning 40-41 moddasi, Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonuning 37-moddasi talablari boʻzilgan.

    Qazish ishlari bajarilayotgan davrda tabiiy oʻsib turgan oʻsimliklar va daraxtlarga xar-xil turdagi oʻsimliklarni tak-tomiri bilan kovlab tashlangan va oʻsib turgan oʻsimliklarni ishlash jarayonida yerning tuproq qatlamini tozalab oʻsimliyeklarni koʻmib ziyon yetkazilgan. Tabiatni muxofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunning 21-moddasi, Oʻsimlik dunyosini muxofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunning 37-moddasi 2-qismi talablari buzilgan. Ekologik ekspertiza xulosasida koʻrsatilgan talab boʻyicha qum-shagʻal aralashmasini olib boʻlgan joyda rekulʼtivatsiya ishlari talab qilgan boʻlsada, lekin buzilgan yerlarda rekulʼtivatsiya ishlari bajarilmagan. Ekologik kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha hisobot taqdim etilgan boʻlsada ammo oʻz vaqtida kompensatsiya toʻlovlari amalga oshirilmagan.

    “ROHAT SHAGAL SARALASH” MCHJ qum-shagʻal aralashmalarini qazib olish davomida kon ajratish dalolatnomasi orqali berilgan kon chegaralaridan tashqariga chiqmasdan faoliyatini olib borayotganligi maʼlum boʻlib, noqonuniy qazish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zararni aniqlash boʻyicha marksheyderlik oʻlchov ishlari olib borildi.

    “EYVALEK MAXSUS TEMIR BETON” MCHJ tomonidan Ekologik ekspertiza toʻgʻrisidagi qonun talablariga zid ravishda konni qazish ishlari jarayonida atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi bayonot (ZEP) meyoriy hujjati ishlab chiqilmagan. Muxofaza etiladigan tabbiy xududlar toʻgʻrisidagi qonunning 40-41 moddasi, Yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonuning 37-moddasi talablariga zid ravishda qum-shagʻal aralashmalarini qazib olish davomida kon ajratish dalolatnomasi orqali berilgan kon chegaralaridan tashqarida qum-shagʻal aralashmalari qazib olingan. Qazish ishlari bajarilayotgan davrda tabiiy oʻsib turgan oʻsimliklar va daraxtlarga xar-xil turdagi oʻsimliklarni tak-tomiri bilan kovlab tashlangan va ishlash jarayonida yerning tuproq qatlamini tozalab oʻzimliklarni koʻmib ziyon yetkazilgan va xududdagi tabbiy oʻsib turgan oʻsimliklarni yoqib yuborilganligi aniqlandi.

    “KOʻPIRIK QURILISH BUTLASH” UK qum-shagʻal aralashmalarini qazib olish davomida kon ajratish dalolatnomasi orqali berilgan kon chegaralaridan tashqariga chiqib qum-shagʻal aralashmalarini olib borgan. Qazish ishlari bajarilayotgan davrda tabiiy oʻsib turgan oʻsimliklar va daraxtlarga xar-xil turdagi oʻsimliklarni tak-tomiri bilan kovlab tashlangan va ishlash jarayonida yerning tuproq qatlamini tozalab oʻzimliyeklarni koʻmib ziyon yetkazilgan va qazish ishlari olib borilayotgan xududa qurilish chiqindilari va boshqa chiqindilar tashlangan. Korxonaga berilgan 5-banddan iborat talabnomadan quydagilar bajarilmagan

      1. Korxonada keyingi bosqich ishlab chiqarish jarayonida (ZEP) meʼyoriy xujjatlari ishlab chiqilmagan (taqdim qilinmadi).
      2. Qum-shagʻal qazib olingan joyni rekultivatsiya qilinishi lozim boʻlsada, ammo ushbu joyga xar-xil turdagi qurilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar bilan ifloslantirganligi aniqlandi.

    Yuqoridagi qonunbuzilish holatlari “Asil tosh biznis” MCHJ, “Sof tosh qurilish servis” MCHJ, “PGS Roxat” MCHJ, “Qoʻyliq koʻpriklari temirbeton qurilmalari tajriba zavodi” MCHJ, “Saffir Qurilish Montaj” MCHJ va boshqa korxonalar boʻyicha ham aniqlandi.

    Xar bir obyekt boʻyicha oʻrganish natijalari haqidagi maʼlumotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasi raxbariyatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etib borilmoqda. Oʻz navbatida mazkur inspeksiya tomonidan tegishli litsenziyalarni bekor qilish boʻuyicha belgilangan tartibda sud organlariga materiallar tayyorlanmoqda.

    Oʻrganish ishlari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

    Gʻolib SHUKUROV,

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

    davlat qoʻmitasi bosh mutaxassisi