Jumladan xorijiy investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan davlat investitsiya faoliyati va investitsiyalarni himoya qilish subyektlari uchun quyidagi kafolat turlarini taqdim etadi:
— investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari;
— mablagʻlardan foydalanish kafolatlari;
— pul mablagʻlarini bepul oʻtkazish kafolatlari;
— investitsiya faoliyati toʻxtatilishi munosabati bilan xorijiy investitsiyalarni qaytarish kafolatlari;
— investor uchun qonunchilikdagi salbiy oʻzgarishlardan kafolatlar;
— oshkoralik kafolati;
— investitsiyalarni himoya qilish.
Eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimi toʻgʻrisida:
2. Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini qoplab berish;
Ctandartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish;
Cugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini xarajatlarini qoplab berish;
Xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish;
Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qoplab berish;
Savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qoplab berish;
Mahalliy mahsulotlar (xizmatlar) va brendlar (tovar belgilari) boʻyicha raqamli reklamani xorijiy internet jahon tarmogʻi axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, savdo maydonchalari va mobil ilovalarda joylashtirish;
Qishloq xoʻjaligi va sanoat korxonalariga xorijdan malakali dizayner, texnolog, marketolog, sifat nazoratchilari va agronomlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab berish;
Tadbirkorlik subyektlariga nufuzli xalqaro brendlarni (tovar belgilarini) jalb qilishga, shuningdek, ularning nufuzli xalqaro brendlar egalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish xarajatlarini qoplab berish;
Tijorat banklariga eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun resurslar ajratish;
Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash.
Shuningdek, 2024-yilda tashqi savdo sohasida Oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar chet el kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Oʻtkazilgan muzokaralarda tayyor toʻqimachilik mahsulotlari va gazlamalarni yetkazib berish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari oʻtgan yilda Toshkent shahrida Xalqaro elektron tijorat va chakana savdo forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida tashkil etilgan birinchi “Central Asia Retail Week” chakana savdo va elektron tijorat forumi boʻlib oʻtdi.
Forumda logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, MDH mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish hamda chakana savdoga sunʼiy intellekt va geomarketing singari yangi texnologiyalarni joriy etish kabi muhim yoʻnalishlarni muhokama qilindi.
Shuningdek, 2024-yilning 18-27-noyabr kunlari Yevropa bozoriga meva-sabzavot mahsulotlar eksportini oshirish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Oʻzbekistonda Yevropa Ittifoqining GSP+ Imtiyozlar tizimidan samarali foydalanish“ loyihasi bilan hamkorlikda Latviya, Germaniya va Fransiya mamlakatlariga biznes-missiya amalga oshirildi.
Bunda Latviyaning “ELBI”, “KGS GRUPA”, Germaniyaning “EDEKA”, “DEDEBIO International” “Keuthmann”, “Lykos”, “Sonnenfrutch” va Fransiyaning “Adla Sp Z O. O” va “RML market”, “Saisof”, “Raphael Primeurs SAS” kabi yirik kompaniya vakillari bilan ushrashuvlar tashkil etildi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashqi bozorlarga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha Rossiyaning nufuzli konsalting kompaniyalaridan biri boʻlgan “IMGR” kompaniyasi jalb qilindi “Eksport akselerator” dasturi ishga tushirildi.
Darhaqiqat shu yilning 21-25-oktyabr kunlari Toshkent shahrida tuman va shahar hokimlarining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirokida “Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi“ ekspertlari tomonidan “Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari“ dasturi boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Bunda malakali ekspertlar tomonidan hokim oʻrinbosarlariga tashqi savdo sohasida nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarni oshirish yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Oʻtkan yilning 5-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qogʻozsiz savdoni soddalashtirish toʻgʻrisidagi hadli bitim”ning rasmiy aʼzosiga aylandi.
Ushbu bitimning asosiy maqsadi elektron shakldagi savdo hujjatlari va maʼlumotlarini oʻzaro tan olish va almashish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, milliy va submintaqaviy tizimlarning operatsion muvofiqligini oshirishga koʻmaklashish orqali qogʻozsiz transchegaraviy savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish hisoblanadi.
Mazkur Bitim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentyabrdagi PQ–316-son “Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan boʻlib, Oʻzbekiston uchun 2025-yil
3-fevraldan boshlab kuchga kiradi.
Shuningdek, shu yilning mart-avgust oylarida “Tashkent City Mall” savdo markazida xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini import qiluvchilar vakillari ishtirokida uchrashuv oʻkazildi.
Uchrashuvda Adidas, Boss, Colinʼs, Nike, Next, New Yorker, Hugo, Pandora, Peserico, Pinko, Tommy Hilfiger, Twinset, Lacoste, Levis, Skechers, US Polo, Reebok, Ostin, Crocs kabi 50 dan ortiq xalqaro brendlar vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro brendlar vakillariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12 oktabrdagi 393-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qaroriga muvofiq bilan amaliyotga joriy etilgan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari hamda qulayliklardan foydalanish imkoniyatlari va shartlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.