Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hayvonlar 2 oylik karantindan soʻng moslashish davrini oʻtab boʻlgan. Endi ularni aholi tomosha qilishi uchun hayvonot bogʻining sudralib yuruvchilar qatoridan maxsus joy ajratildi.
Nil timsohi Afrikaning chuchuk suvli joylarida yashaydigan yirik timsoh boʻlib, dunyoning 26 ta mamlakatida uchraydi. Nil timsohlarining uzunligi 2.94 sm dan 4.4 sm gacha, ogʻirligi esa 225-415 kg gacha boʻladi.
U tuzli suv timsohidan keyin dunyodagi ikkinchi eng katta sudraluvchi hisobladi. Timsoh qalin, ogʻir zirhli teriga ega. Ozuqalari asosan baliq va mayda sudraluvchilar.
Boshqa timsohlar singari, Nil timsohlari ham barcha hayvonlar orasida noyob boʻlgan kuchli va oʻtkir tishlarga ega. U baʼzan Afrika timsohi, Efiopiya timsoh, oddiy timsoh yoki qora timsoh deb ham ataladi.