Unga ko'ra, 2020-2022 yillarda Tuproqqal'a tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Dasturdan:
Ikki yillik dasturning maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
Sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish bo'yicha investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
Yo'l-transport infratuzilmasi tizimini yaxshilash va elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini qayta qurish va modernizatsiyalash dasturi;
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy ob'ektlar qurish hamda obodonlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi;
Irrigatsiya va melioratsiya ob'ektlarini ta'mirlash dasturi kabilar o'rin olgan.
SHuningdek, qarorga muvofiq:
Xorazm viloyati hokimligi Tuproqqal'a hududi bo'yicha hokimning birinchi o'rinbosari va uning 4 shtat birligidan iborat kotibiyati Tuproqqal'a tumanida joylashgan “Sarimoy”, “Nukus”, “Xazorasp” va “Tuproqqal'a” mahalla fuqarolar yig'inlarini o'z ichiga oluvchi Tuproqqal'a hududiga joylashtiriladi.
Tumanda jamoat tartibini saqlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi shtat birliklari doirasida 6 shtat birligidan iborat ichki ishlar bo'limi tashkil etiliyu, tuman ichki ishlar bo'limining bir nafar o'rinbosari Tuproqqal'a hududiga joylashtiriladi.
SHu bilan birgalikda:
Qishloq xo'jaligi vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Tuproqal'a hududidagi foydalanishdan chiqib ketgan er maydonlari va yaylovlar hisobidan 5 000 gektar, shu jumladan 2020-2021 yillarda 2 150 gektar er maydonlarini o'zlashtirish hamda mazkur maydonlarga sholi, poliz mahsulotlari va chorva mollari uchun ozuqa ekinlarini joylashtirish ko'zda tutilmoqda.
Er maydonlari va binolar xatlovdan o'tkazilgach, davlat va davlat ulushi mavjud xo'jalik jamiyatlariga tegishli bo'sh turgan ob'ektlar sotish, ijaraga va davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berish bo'yicha ham choralar ko'riladi.