Infeksiya bo‘yicha yetakchi mutaxassislar koronavirus haqidagi ommabop ma’lumotlarni tahlil qildi va nimaga ishonish, nimani so‘roq ostida qoldirish kerakligini aniqladi, deb yozadi RIA Novosti.
Eng keng tarqalgan qarashlar ichida qo‘lqoplarning samarasizligi, chekuvchilar kamroq kasal bo‘lishi va hatto kiyim orqali COVID-19ni yuqtirish mumkinligi haqidagi dalillar tilga olindi.
Sechenov universiteti Tibbiy parazitologiya, tropik va yuqumli kasalliklar instituti direktori Aleksandr Lukashevning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lqoplarning samaradorligi bahsli bo‘lib qolmoqda.
“Qo‘lqoplar yuqtirish xavfini kamaytirishi mumkin. Ammo aynan rezina qo‘lqop kiyishga hech qanday sabab yo‘q, bunda oddiy qishki qo‘lqoplar ham yordam beradi. Qo‘lqoplarning foydasi bo‘lmasligi mumkin, qachonki agar siz u bilan burningizni ushlasangiz” — deydi olim.
Gamaleya markazining direktori Aleksandr Ginsburg ilgari chekuvchilarning COVID-19dan “himoya qilingani”ga shubha qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning oldini olish sog‘lom turmush tarzi bilan targ‘ib qilinadi, ya’ni odam ichmaydi, chekmaydi va ochiq havoda bo‘ladi.
“Infeksiyaning og‘ir kechishi yuqtiradigan dozaga bog‘liqligiga shubha qilish uchun asoslar mavjud. Bu shuni anglatadiki, hatto bizni yuz foiz himoya qilmaydigan choralar ham hech bo‘lmaganda og‘ir kasallik xavfini kamaytiradi”, — deya Lukashev Ginsburgning so‘zlariga izoh berarkan.
“Keksa avlod vakillari ko‘proq xavf ostida ekanligi bilan bahslashish qiyin”, deb ta’kidladi tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteyn. Uning so‘zlariga ko‘ra, “barcha yoshdagi odamlar koronavirus oldida ojiz”, ammo yoshlar orasida infeksiyaning alomatsiz shakli ustunlik qiladi, qariyalar orasida esa statistik ma’lumotlarga ko‘ra o‘lim ko‘proq.
“Aksariyat odamlar alomatsiz shaklda kasallikni boshidan kechiradi, hatto ular betob ekanligiga shubha ham qilmaydi. Biroq odamlar alomatsiz holatda virusni qanday yuqtirishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. To‘g‘ri, garchi ular asosiy tarqatuvchi bo‘lmasa ham ma’lum darajada infeksiyani ko‘tarib yuradi. Ammo o‘zlarining qayta yuqtirishdan qanchalik himoyalangani ham noaniq”, — deya qo‘shimcha qildi Altshteyn.
Shuningdek, COVID-19 oziq-ovqat va kiyim-kechak orqali yuqishi mutaxassislar tomonidan afsona sifatida qabul qilinadi.
“Virus birovga yuqishi uchun yuqumli doza kerak. Kiyim-kechak, do‘kondagi ovqat, sochga tushadigan virus har qanday holatda ham suyuladi, uning zarari o‘nlab va yuzlab marta kamayadi. Demak, bunday yuqtirish ehtimoli juda past va kundalik hayotda hisobga olinmasligi kerak”, — dedi Lukashev.
Bundan tashqari, pandemiyada hidning yo‘qolishi kabi alomat koronavirus bilan kuchli bog‘liqdir. Biroq hamma vaqt ham bu holat COVID-19ni ko‘rsatmaydi.
“Koronavirusning alomati bu isitma, yo‘tal va hidni yo‘qotish birikmasi. Ammo ko‘pincha so‘nggi omil psixologik xarakterga ega bo‘lishi mumkin”, - deydi Altshteyn.
Koronavirus haqidagi bir nechta dalillar bahsga o‘rin qoldirmaydi. Masalan, infeksiyaning havodagi tomchilar bilan yuqishi va erkaklar tez-tez kasallikka chalinishi.
Lukashevning so‘zlariga ko‘ra, virusologlar va shifokorlar nima uchun bunday bo‘lishini aniq bilmaydi, ammo bu kuzatuv katta statistik ma’lumotlar bilan tasdiqlangan.