Xatirchi tumanidagi “Nayman” mahallasining ichki muammosini kim hal qiladi?

    Bo'sh vaqtda 5 May 2025 666

    Tahririyatimizga Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi faxriy jurnalist Mardiqul Siddiqov Moʻminovichning murojaati kelib tushdi. Unda Xatirchi tumanidagi “Nayman” mahalla fuqarolar yigʻini raisining oʻz ishiga sustkashlik bilan yondashayotgani, xotin-qizlar faolining zimmasiga yuklatilgan vazifalar toʻla toʻkis ado etilmayotgani va “Mahalla yettiligi” ham oʻz ishini qoniqarsiz olib borayotgani haqida soʻz boradi. Shuni alohida taʼkidlaymizki muallifning fikrlari tahririyat nuqtayi nazaridan farq qiladi.

    Unda yozilishicha, mahalla tom maʼnoda ota-bobomiz yashaydigan makon. Qolaversa, mahalla oʻz hududida istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning ham otasi, ham onasi hisoblanadi, shuning uchun ham xalqimiz mahallani katta bir oilaga oʻxshatadi. Darhaqiqat, mahalla oʻziga xos bir oiladirki, uning aʼzolari bir-biri uchun masʼuldir. Bu, avvalambor, fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarni har tomonlama faollikka, oʻz hududida ijtimoiy — maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga daʼvat etadi. Bundan koʻrinib turibdiki, fuqarolar yigʻini raisi oʻz hududining yetakchisi, jonkuyari, aholi orasida yuksak hurmat-eʼtiborga loyiq, aholini birlashtira oladigan fidoiy inson boʻlishi kerak.

    Albatta, Navoiy viloyatida, jumladan Xatirchi tumanida aynan ana shunday mahalla raislari koʻpchilikni tashkil etadi. Ularning tashabbuskorligi va jonkuyarligi tufayli mahallalar obod, qoʻni-qoʻshni ahil, oilalar mustahkam. Biroq...

    Guruch kurmaksiz boʻlmaganidek, odamlar ishonchini oqlashga intilmaydigan, fuqarolar tomonidan saylanib, mahalla raisi boʻlganini unutgan xolda zimmasidagi masʼuliyatini his qilmaydigan ayrim kimsalar ham uchrab turadi.

    Xatirchi tumani «Nayman« mahalla fuqarolar yigʻiniga 2022-yil may oyidan beri raislik qilayotgan Hamdam Ergashev Rustamovich ana shundaylar toifasidan ekan. U oʻz faoliyati davomida hukumatimiz tomonidan berilgan topshiriqlar u yoqda tursin, hattoki, qonun bilan belgilangan Nizomiy vazifalarini ham toʻlaqonli bajarmaydi. Raisning oʻz ishiga sovuqqonlik bilan yondashishi fuqarolar yigʻinida ijro intizomi talablari hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhit buzilishiga sabab boʻlmoqda. Mahalla raisi vazifasida ishlab turib, fuqarolar yigʻinining oliy organi-yigʻin va ijro etuvchi organi kengashining farqiga umuman bormasligi, hattoki, oʻzi rahbarlik qilayotgan mahallada yigʻin va kengashning aʼzolari nimagadir tez-tez oʻzgarib turadi. Natijada mahalla idorasida idorasida fuqarolar yigʻini va Kengashi ishi rejalari shu sabab bajarilmay qolyapti. Qabul qilingan dasturlar nomiga rasmiylashtirilgan. Ularning ijrosini taʼminlash uchun mutlaqo harakat qilinmagan, yana hayron qoldiradigan tomoni shundaki, mahalla raisi oʻz maslahatchilari kimligini ham bilmaydi. Bundan uning oʻz ishiga qanchalik eʼtiborsizligi koʻrinib turibdi.

    2023-yil 21-dekabr sanasida Prezidentning mahalla tizimiga oid ikkita muhim hujjati eʼlon qilingan. Bular «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirishi va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmon hamda "Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishiga oid qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroridir.

    Xoʻsh, mazkur hujjatlar bilan qanday oʻzgarishlar sodir boʻlyapti. «Nayman« mahallasiga xam bu hujjatlar taalluqli boʻlyaptimi? Fuqarolar yigʻinida shu tartib qanday yoʻlga qoʻyilgan? Toʻgʻri, qarorda mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasidagi «koʻprik« vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tizimga aylanishiga koʻmaklashishidan iborat boʻlsa, mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratini tayanch boʻgʻiniga aylantirishi, uning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini taʼminlash eng muhim vazifa ekanligini, "Nayman" mahalla raisi Hamdam Ergashev esa buni mutlaqo tushunib yetmaydi, yana bunga eʼtibor bering, har bir fuqaro oʻz uyi va koʻchasini ozoda saqlash, milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlarda mahallaning oʻrnini oshirish boʻyicha tadbirlar aholi oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlik kabi noyob tuygʻularni sezishi bu mahallaga yetib kelmagan. Soʻzimizning isboti uchun bir ortga murojaat qilamiz, yaqindagina 2025-yil mart aprel oylarida "Changir" jome masjidida gurungbozlik avj olib, hatto respublika diniy idorasiga xat yozishmasigacha borib yetdi. mahalla raisi bu mashmashalardan (janjal) xabarsiz qoldi. Natijada fuqarolar oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik paydo boʻldi. Shu yaxshimi? Masjid muammosi hozir tinchidi, ammo dedi-dedi gapichi?

    Toʻgʻrirogʻi, mahalla "yettiligi" ishini ham qoniqarli deb boʻlmaydi. Ular tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ijtimoiy xizmatlar xizmatlar va yordam koʻrsatish haqida gapirmasak ham boʻladi. Eng achinarlisi mahallada boqimandalikka oʻrganmaslik hissini yanada kuchaytirishi boʻyicha boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlari ham oʻlda-joʻlda, yana bir tomoni, mahalla ahli oʻtkazayotgan tuy va marosimlarida mahalla raisining nufuzi baland boʻlishini bugungi hayot koʻrsatib turibdi. Chunki, uni xalq saylagan, demak toʻyni ochishu marosimini mahalla raisi chiroyli soʻz bilan ochib bersa, mahalla raisiga nisbatan odamlarning yuksak ishonch va mehr-oqibati oshadi, bu aniq. Taʼziyalarda rais ishtiroki ham xuddi shunday deb tushunamiz.

    Biz kuzatuv davomida shu narsani guvohi boʻldikki, mahalla idorasining kirish peshdoqida jismoniy va yuridik fuqarolarni qabul qilish ish jadvaliga koʻzimiz tushmadi. Toʻgʻri, mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrinini oshirish hamda soxta boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, yeshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan, "mahalla yettiligi" deb hozir atayapmiz. Ammo, amalda bu masʼul shaxslar oʻz vazifalarini toʻlaqonli bajarib kelyapti deb kim kafolat beradi ? Nega ular bajargan ishlari boʻyicha mahalla vakillariga har 3 oyda hisob berishmagan?

    Qogʻozda hamma narsani yozib qoʻyish mumkin. Biroq, aniq (real) hayot uchun esa amaliy natija, ijro intizomi kerak! Faktlarga murojaat qilamiz, mahalla raisining ishni koʻrish uchun Xatirchi mahalla uyushmasi boʻlimidan Davron Ahmetov degan mutaxassis tekshiruvchilar kelib, hujjat ishlaridan 43ta kamligi, raisga hayfsan berilib, profilaktika inspektorining aybi bilan mayda oʻgʻrilik koʻpaydi. Masalan, aholi isteʼmol qiladigan suv "vodoprovod" "kolonizatsiya" qopqoqlarini kimdir oʻgʻirlab ketdi. Kolonizatsiyaning chuquri ichiga ancha shox-shabba bilan toʻsib qutildi. Hozir ham baʼzi koʻchalardagi kolonizatsiya qopqoqlari ochiq holda turibdi. Xotin-qizlar faoli xodimasi ish jarayonida ajrim kamayishi oʻrniga koʻpayib bormoqda. Ijtimoiy xodim esa oʻz vakolatini haligacha tushunib yetgani yoʻq. Mahallada har olti oyda vakillar yigʻini oʻtkazilishi kerak, ammo vakillar yigʻilishi oʻtkazilmaganidan afsusdamiz,

    Yana bir narsaga eʼtiborlaringizni qaratmoqchimiz. Yaqinda "Nanay" mahalla ahli fuqarolaridan tushgan bir shikoyat xatini oʻrganish uchun kelgan vakil — Xatirchi tuman mahallalar uyushmasi idora xodimi — Toʻlqin Shomurodov ham xat egalariga javob xati yozish bilan ovora. Mahalla tizimidagi "xatga eʼtibor elga eʼtibor" naqlini u tushunmaydiganga oʻxshaydi. Agar xatni xolisona tekshirganida Xatirchida bunchalik arizabozlik va shikoyat bozlik koʻpayib ketmasligi mumkin edi,

    Xullas, yuqoridagi ijroni taʼminlash maqsadida Prezident Farmon va qarorlarini nazorat qilish Navoiy viloyat mahallalar uyushmasining boshqaruv boshligʻi Gʻofur Aliyev, Xatirchi tuman mahallalar uyushmasining boʻlim boshligʻi Vohid Avlonovlar bu masalalarga panja orasidan qarayotganga oʻxshaydi, shu jumladan Xatichi xalq deputatlari tuman markaziy Kengashi mahalla raisi oʻz faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyganda, ularga nisbatan ishonchsizlik bildirishi va ushbu masalani koʻrib chiqish vakolatini nahotki, rahbarlar unutgan boʻlishsa?