Yangi Oʻzbekistonning yangi rejalari...

    Fikr 20 Noyabr 2024 1122

    Bugun yurtimizda boʻlayotgan yangilanishlar butun dunyo eʼtibor markazida boʻlayotgani rost. Aynan bugungi anjumanda parlament vakillari, ijro etuvchi hokimiyat aʼzolari Prezidentimiz boshchiligida oʻtgan davr sarhisobida, kelgusida bajariladigan ishlar boʻyicha gʻoyalar ilgari surildi.

    Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida mamlakatimizda joriy va strategik vazifalarni bajarishda barcha boʻgʻindagi ijro organlari avvalo hukumatimiz zimmasiga katta vazifalar yuklatilganiga alohida eʼtibor qaratildi. Yangi vakolatga ega boʻlgan parlament shakllandi va ularga yangi vazifalar yuklandi. Bu vazifalarni amalga oshirishda kuchli ijro hokimiyati juda zarur. Zero, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻsagʻasida turgan jamiyatimiz, xalqimizga yarasha islohotlar ham qonunchilik sohasida, ham ijro organi orqali ham oʻz adekvatligini yoʻqotmasligi zarur.

    Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatdi. Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli oʻzgarish qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi. Hukumatning qonunchilik tashabbusi bilan Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari sifatini oshirish ham dolzarb masala boʻlib turibdi. “Davrning oʻtkir talablariga javob beradigan, sifatli, amaliyotda samarali ishlaydigan qonunlarni qabul qilish Oliy Majlisning eng muhim vazifasi, kerak boʻlsa uning obroʻsidir“ – dedi Prezident.

    Shuningdek yigʻilishda Yangi Oʻzbekiston, yangi parlamenti bilan birga oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qoʻyayotgani taʼkidlandi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab boʻlmasligi qayd etildi.

    Prezidentimiz qonun chiqaruvchi hamda ijro organi vakillari oldiga qoʻygan vazifalarni bajarishda yangi hukumatning qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, choʻllanish, qazilma yoqilgʻilarni behisob global isishga, tabiiy ofatlarning koʻpayishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sogʻligʻiga zarar yetkazmoqda. El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyot yili» deb eʼlon qilishni taklif qildi.

    Yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol topshirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Aynan shuni hisobga olib yoshlarni siyosiy faollikka targʻib qilishga qaratilgan ishlar yanada kengaytirilishi lozimligi va buning samarasini hozirdan koʻrayotganligimiz Prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosatidan dalolat beradi.


    Shoxrux Qoʻchqarov,

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi

    Yoshlar parlamenti aʼzosi


    Hamkorlik materiali