Loyiha 2024-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, yangi 280 ta ish o'rinlari, loyiha ishga tushirilgach import o'rnini bosuvchi 160 milliard so'mlik 2 ming dona zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarish, 7 million dollarlik mahsulotlar eksporti yo'lga qo'yiladi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, viloyatda so'nggi yillarda energiya tejamkor, arzon va sifatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarilishiga yanada katta ahamiyat qaratilmoqda.
Jumladan, 2022-yilning 8 oyligida umumiy qiymati 173 milliard so'm bo'lgan 5 ta loyiha ishga tushirildi. Mazkur loyihalarning ishga tushirilishi natijasida yillik 649,5 milliard so'mlik tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va 26,2 milliard so'mlik byudjetga qo'shimcha mablag'lar tushirilishi qayd etildi.
Misol uchun, Ohangaron tumanida 23 million dollarlik investitsiya hisobiga yiliga 129 ming dona sovutkich va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarishni reja qilgan loyiha amalga oshirildi.
Yana bir yirik loyihalardan biri, 12 million dollar mablag'lar hisobiga viloyatda kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona o'zi ishini boshladi. Natijada loyiha to'la quvvat bilan ishlaydigan bo'lsa, 300 ga yaqin ish o'rinlari yaratilishi kutilmoqda, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.