Kork universiteti olimlari tadqiqotiga ko'ra, yoshlarda ichak mikrobiomasi o'zgarib borishi aniqlandi.

Tadqiqotda 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan 71 kishi ishtirok etdi. Mutaxassislar ularning tibbiy ko'rsatkichlarini va so'rovnomalar ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Unda jamiyat bilan o'zaro aloqa, spirtli ichimliklarga bo'lgan ishtiyoq va impulsiv xatti-harakatlar haqida savollar bor edi.

Ma'lum bo'lishicha, spirtli ichimliklarni haddan ziyod iste'mol qilish ichaklarda yashaydigan va inson salomatligida muhim rol o'ynaydigan bakteriyalar hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etganlar boshqa odamlarning his-tuyg'usini tushunishda qiyinchilikka duch kelishdi.

Olimlarning fikriga ko'ra, ularning tadqiqot natijalari yosh ichuvchilarning mikrobiota holatini yaxshilashga qaratilgan yangi parhez va probiyotik tavsiyalarni ishlab chiqishda asqatadi, deb xabar beradi mir24.tv.