Parkent tumani, “Samsarak” MFY hududidan 0,50 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan davlat zaxirasidagi yer maydoni “IT-shaharcha” faoliyatini tashkil etish uchun ajratildi. Bu boʻyicha hozirda takliflar ishlab chiqilmoqda.
“IT shaharcha” hududda yoshlar o‘z kasbini topishi, rivojlanishi va atrof-muhit bilan uyg‘unlikda yashash orqali jamiyatga o‘z hissasi qo‘shishi, IT sohasini yanada rivojlantirishi uchun noyob makon bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-178-son, 15.05.2024-y.) qabul qilindi.