Tadbirda harbiy okruglar, oliy harbiy taʼlim muassasalari va boshqa boʻlinmalar harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi fuqarolar va tashkilotlar murojaatlarini tezkor qabul qilish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish hamda shaffoflikni taʼminlash maqsadida 1530 qisqa raqami orqali faoliyat yurituvchi Call-markazni ishga tushirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.
Turkiya Respublikasida 5-16-may kunlari V Xalqaro “Eng ilgʻor merganlar jamoasi” musobaqasi oʻtkazildi. 15 davlatning 40 dan ortiq jamoalari ishtirokidagi bellashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi ham munosib qatnashdi.
3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishi "Gʻalaba bogʻi"dan boshlanib, Magic Cityʼgacha davom etdi.
Shu yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari oʻtkaziladi.
OAVlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmaslik soʻraldi.
Shu yil 4-7-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Qurolli kuchlari jamoasi Uelsda (Buyuk Britaniya) oʻtkazilgan dunyoning eng murakkab va nufuzli xalqaro harbiy musobaqalaridan biri – “Kembriya patruli”da yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Bugun poytaxtimizda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasidagi “Toshkent-2024” xalqaro harbiy tibbiyot konferensiyasi oʻz ishini boshladi.