Maʼlum qilinishicha, tuman tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi sifatida faoliyat olib boruvchi shaxs bir fuqaroga vakolatli tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli boʻladigan hujjatlarni tayyorlab berishni vaʼda qiladi.
Joriy yil 25-aprelida Ichki ishlar boʻlimi xodimlarining boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirlari davomida ushbu shaxs tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning maʼmuriy binosida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.