Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Shu yilning 22-sentyabr kuni soat 20:40 atrofida “Spark” rusumli avtomashina harakatlanib ketayotgan vaqtda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, “M.Ulugʻbek” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Zax” kanaliga tushib ketganligi boʻyicha FVBga xabar tushdi.
Xabarga asosan, Chirchiq shahar FV boʻlimi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hamkorlikdagi xizmatlar bilan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.
Maʼlumotlarga koʻra, avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan. Haydovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.
Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar yoʻq.