Xususan, kombinat texnologik ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlayotgan kislotali va ishqorli oqova suvlarni tozalash boʻyicha Oʻzbekistonda birinchi bor Finlyandiya tajribasi qoʻllanilmoqda.
2024-yilda Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Finlyandiyaning “EPSE OY” kompaniyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining oqova suvlarini tozalash boʻyicha tajriba loyihasini qoʻllash boʻyicha 3 tomonlama shartnoma imzolangan edi.
Ayni kunlarda Finlyandiyaning “EPSE OY” kompaniyasi kislotali va ishqorli oqova suvlarini tozalash boʻyicha pilot loyihasini kombinatda joriy etishga kirishdi. Tajriba tariqasida pilot qurilma Angren kon boshqarmasining “Koʻch-buloq“ konining tozalash inshootlariga oʻrnatildi va sinov ishlari olib borilmoqda.
Eʼtiborlisi, kompaniya pilot loyiha davrida maxsus reagentni qoʻshish evaziga ohak sarfi 60% ga qisqartiriladi.
Shuningdek, tozalash jarayonidagi suv talab darajasiga yetkaziladi. Tozalash jarayonida hosil boʻlayotgan quyqa tarkibidan esa rangli metallarni ham ajratib olish imkoniyati yaratiladi.
Sinovlar yakunida, Finlyandiyalik mutaxassislar loyihaning tejamkorligi va samaradorligini isbotlashi va ushbu zanjirni sanoat miqyosida qoʻllash hamda kimyoviy suv tozalash inshootlari ishlash samaradorligini 99,5 % ga yetkazish boʻyicha xulosa berishi kerak. Bu xulosa kombinatning Angren kon boshqarmasi hamda Rux va Mis eritish zavodlarining tozalash inshootlari uchun olinadi.
Sinov tahlillarining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, ushbu loyihaning amalga oshirilishi sanoat oqova suvlarining zararli taʼsirini yuqori darajada kamaytirish imkonini beradi. Kelgusida esa bu tajriba Oʻzbekistonning barcha sanoat korxonalarida qoʻllanilishi rejalangan.
Hamkorlik materiali