Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarimizdagi yuqori dinamikani davom ettirishga kelishib olindi.

Suhbatimiz savdo, transport-logistika aloqalari, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi keng koʻlamli yoʻnalishlarni qamrab oldi. Oʻzbekistonning taraqqiyotini doimiy qoʻllab-quvvatlayotgani, shuningdek, barqaror, farovon va oʻzaro bogʻlangan mintaqani barpo etishga qaratilgan umumiy intilishlarimiz uchun Xitoy tomoniga minnatdorlik bildiramiz, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.