Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida yashovchi, 1992-y.t. fuqaro horijiy fuqaroning ishonchiga kirib, uni va 4 nafar oila aʼzolarini har birini 30 ming AQSH dollaridan, jami 150 ming AQSH dollari evaziga Turkiya davlati orqali AQSHga ishlash uchun yuborishini aytadi. Soʻngra, viza hujjatlarini mansabdor tanishlari orqali tayyorlab berishi uchun oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, poytaxtda vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan 2004-y.t. xorijiy fuqaro boshqa chet et fuqarosining ishonchiga kirib, unga Buyuk Britaniya soxta fuqarolik pasportlarini tayyorlatib berish imkoniyati borligini aytadi. Soʻngra, mazkur soxta pasportlar yordamida AQSHga Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari orqali ularni joʻnatib yuborishi evaziga jami 25 ming AQSH dollari talab qiladi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu fuqaro oldindan 12,500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi va uning yashash xonadonidan qalbaki pasport va ID-kartalar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda har ikkala holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.