Svetoforning qizil chirogʻida toʻxtamagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    Voqea-hodisalar 31 May 2025 631

    Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida YPX inspektori tomonidan toʻxtatilgan transport vositasida giyohvand modda borligi aniqlandi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 29-may kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmasdan harakatlangan haydovchi 1984-yilda tugʻilgan R.U boshqaruvidagi “Tracker” rusumli transport vositasi toʻxtatib tekshirilganda u haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilganligi maʼlum boʻlgan.

    Shuningdek, haydovchi va transport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Koʻrik vaqtida haydovchining oldidan rangsiz polietilen sellofanga oʻralgan, oʻtkir hidli, yashil rangli “Nasha” nomli giyohvand vositasiga oʻxshash modda borligi aniqlandi.

    Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, ushbu moddaning sof ogʻirligi 47, 26 grammni tashkil etgan.

    Fuqaro va ashyoviy dalillar Ohangaron shahar IIBga topshirildi.