Xabarda aytilishicha, u Fransiya poytaxtida ikki kundan ortiq vaqt davomida nomaʼlum joyda saqlangan va keyinchalik tovon puli evaziga qoʻyib yuborilgan. Olimov Parijga biznes hamkorlari bilan uchrashgani borgan.
Bank mazkur voqeaga munosabat bildirdi, shuning bilan birga bu xabardagi maʼlumotlar qanchalik toʻgʻri yoki uydirma ekani haqida maʼlum qilmadi.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa shaxsiy, korporativ boʻlmagan xususiyatga ega boʻlib, bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas. ANORBANK oʻz ishini odatdagi tartibda davom ettirmoqda — barcha boʻlimlar, xizmatlar va raqamli kanallar barqaror ishlayapti, joriy va strategik loyihalar tasdiqlangan rejalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, bank ommaviy axborot vositalari vakillaridan ushbu mavzuni yoritishda axloqiy meʼyorlarga rioya qilishni, tekshirilmagan maʼlumotlarni eʼlon qilmaslikni va shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishni soʻradi. Bank, shuningdek, ortiqcha muhokamalar yoki tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatish rasmiy tergov jarayoniga ham, jabrlanuvchining shaxsiy hayoti daxlsizligiga hurmat koʻrsatishga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligiga eʼtiborni qaratadi.