Qizigʻi, har ikki jamoaning ham toʻplagan ochkolari va toʻplar nisbati bir xil boʻlib qoldi — 20:3.

Reglamentga koʻra, jamoalarning koʻrsatkichlari bir xil boʻlib qolgani uchun Osiyo kubogi yoʻllanmasi sohibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad Oʻzbekistonga kulib boqdi – 4:3.

Shu tariqa, Oʻzbekiston ayollar jamoasi 23-yillik tanaffusdan soʻng Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Osiyo kubogi saralashi. “F” guruhi, 3-tur

Oʻzbekiston – Nepal 3:3 (pen. 4:3)

Gollar: Diyoraxon Habibullayeva, 3 (1:0), Lyudmila Karachik, 10 (2:0), Maftuna Shoyimova, pen. 39 (3:1) – Sabitra Bhandari, 24 (2:1), 71 (3:2), 73 (3:3).

Oʻzbekiston: Jonimqulova, Qudratova, Qoʻchqorova, Oraniyozova, Turdiboyeva, Mamatkarimova (Dadaboyeva, 54), Zoirova, Shoyimova, Karachik, Habibullayeva, Ergasheva.

Nepal: Magar, Gximire, Rana, Thokar, Rana, Magar, Nagarkote (Limbu, 90), Basnet (Poudel, 60), Hamal, Bhandari, Gxising (Anita, 60).

Chetlatish: Ergasheva, 45+4 (Oʻzbekiston).