Holat boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati dastlabki maʼlumot berdi.

Unga koʻra, bugun, 10-iyul kuni taxminan soat 11:00 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Farobiy koʻchasi hududidan oʻtuvchi dastlabki taxminlarga koʻra diametri 800 mm boʻlgan suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida hozircha maʼlumot kelib tushmadi.

Qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.