Qayd etilishicha, shu yilning 11-iyul kuni soat 18:06 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor 3-dahasidagi 1-uy oldida ochiq maydonda quruq oʻt va daraxt shoxlari yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 18:13 da yetib borgan va yongʻin soat 18:23 batamom oʻchirilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida ochiq maydonda quruq oʻt, daraxt toʻsinlari, shoxlari yongan hamda “Lasetti” va “Spark” avtotransport vositalarining yon kuzov qismi issiqlik taʼsirida kuygan.

Yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq.