Voqea shu yilning 16-iyul kuni soat 16:20 larda sodir boʻldi. YPX xodimi Nodir Mirzayev kanalda choʻkayotgan fuqaroni koʻrib qolib, zudlik bilan ortidan oʻzini suvga tashlaydi.
Koʻrilgan choralar natijasida fuqaro qutqarib qolinib, unga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda uning holati yaxshi.
Voqeaga guvoh boʻlgan fuqaro Maruf Choriyev ham oʻzini suvga tashlab yordam qoʻlini uzatgan.