Toshkentda ayrim koʻchalar yopiladi va avtobuslar harakati oʻzgaradi

    Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi qurilish-montaj ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi 18-iyul 15:00 dan 21-iyul 06:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

    Shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga koʻra, Shayxontohur tumani KHAY yoʻlining Beruniy koʻchasi kesishmasidan Beshqayrogʻoch koʻchasi chorrahasigacha boʻlgan qismi vaqtincha yopiladi.

    Shu munosabat bilan ayrim avtobus yoʻnalishlari muqobil koʻchalar orqali harakat qiladi:

    • 34-sonli avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor metro bekati yoʻnalishida Beruniy koʻchasi → Nurafshon → Koʻkcha darvoza koʻchasi orqali harakatlanadi.
    • 64-sonli avtobus Paxtakor metro bekati — Birlik mavzesi yoʻnalishida Nurafshon → Koʻkcha darvoza koʻchasi orqali harakatlanadi.
    • 87-sonli avtobus Qora Qamish 2/4 mavzesi — Chilonzor 30-daha yoʻnalishida Beruniy → Nurafshon → Koʻkcha darvoza koʻchasi orqali harakatlanadi.
    • 116-sonli avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor buyum bozori yoʻnalishida Beruniy → Nurafshon → Koʻkcha darvoza koʻchasi orqali harakatlanadi.
    • 131-sonli avtobus Olimpiya mehmonxonasi — Doʻstlik-2 mavzesi yoʻnalishida Beruniy → Nurafshon → Koʻkcha darvoza koʻchasi orqali harakatlanadi.
    • 147-sonli avtobus Chorsu savdo markazi ASHB — Chinni bozori yoʻnalishida Beruniy → Nurafshon → Koʻkcha darvoza koʻchasi orqali harakatlanadi.

    Ushbu avtobuslarning qaytish yoʻnalishi oʻzgarishsiz qoladi.