2025-yil 20-iyul kuni soat 12:44 da Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi Birlik mahallasi hududida avtobusda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.
Yongʻin-qutqaruv ekipajlari shoshilinch ravishda voqea joyiga yetib borib, soat 12:50 da manzilga yetdi va soat 12:53 da yongʻin toʻliq bartaraf etildi.
Tekshiruv davomida maʼlum boʻlishicha, yongʻin 18-avtosaroyga qarashli 64-yoʻnalishda harakatlanuvchi shahar avtobusida yuz bergan va transport vositasiga zarar yetgan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.