Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlatlararo kengash tuzish toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi.
Ushbu Bitim 2013-yil 25-oktyabr kuni Minsk shahrida imzolangan.
Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga masʼul boʻlgan vaqolatli organ toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishini taʼminlaydi.