Samarqand shahrida geologik xizmatlar koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy korxona direktori muqaddam oʻzining Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida maʼsul lavozimlarda ishlagani hamda oʻzida Samarqand va Jizzax viloyatlari hududlarida amalga oshirilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida yaratilgan oltin maʼdanlari joylashgan maxfiy geologik xarita va fotosuratlar borligini aytib, ularni 25 ming AQSH dollariga sotishini aytadi.
Samarqandda geologiya sohasida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, oltin maʼdanlari joylashgan maxfiy geologik xarita va fotosuratlar borligini aytgan. U bu maʼlumotlarni 25 ming dollarga sotishni taklif qilgan va bu orqali noqonuniy daromad olishni koʻzlagan.
DXXning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs kelishilgan pullardan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tegishli tashkilotlar bergan xulosaga koʻra, ushbu shaxs iddao qilayotgan hech bir maʼlumot maxfiy hisoblanmaydi.
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Muborak magistral gaz quvurlari” boshqarmasi gaz tarqatish stansiyasi boʻlimi Shahrisabz GTS operatori Qarshi shahrida yashovchi fuqaroni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi tashkilotlardan biriga nazoratchi lavozimiga ishga olinishi uchun 4 000 AQSH dollari talab qiladi.
DXXning Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda operator soʻralgan 4000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.