Aytilishicha, qator davlatlarda mehnat migrantlarini qurolli harakatlarda ishtirok etishga yollash holatlari koʻpaymoqda.
Agentlik quyidagilar qatʼiy ravishda taqiqlanishini eslatib oʻtdi:
- qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
- harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
- xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qoʻshilish;
- shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish (verbovka) takliflariga rozilik berish.
Shubhali taklif yoki vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari (https://surl.lu/epgcoh) yoki Migratsiya agentlikning vakolatxonalariga murojaat qilish soʻralmoqda.
Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat oʻtash 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.