Qayd etilishicha, AQSH Immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari hamrohligida ikki nafar oʻzbekistonlik Nyu Yorkdan Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga olib kelingan.

Shuningdek, yana ikki kishi Istanbuldan chiqarib yuborilgan. Ular keyingi tergov harakatlarini oʻtkazish maqsadida Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika hududiy ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilgan.

Bu 4 kishi soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, oʻta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.