Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari uchrashdi

    Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.

    Suhbatlar chogʻida harbiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuvning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat boʻldi. Samimiy ruhda oʻtgan muloqotlar davlatlar oʻrtasidagi ishonch va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda yangi qadamlar qoʻyilishiga zamin yaratdi.

    Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuvlarda tomonlar mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda oʻzaro hamjihatlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash hamda davlatlar oʻrtasida ishonchli va barqaror hamkorlik muhitini mustahkamlash masalalarida kelishuvlarga erishdilar.

    Aytish mumkinki, bunday amaliy tashabbuslar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tinchlik, birdamlik gʻoyalarining hayotiy ifodasidir. Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi bunday doʻstona muloqot va hamjihatlik nafaqat mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaydi, balki umumiy tinchlik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.