O‘zbekistonda SES xodimlari uchun malaka oshirish markazi tashkil etilmoqda

    Salomatlik 7 Iyul 2023 1895

    Markaz direktori lavozimi bo‘yicha OTM fakulteti dekaniga, o‘rinbosar — dekan o‘rinbosariga tenglashtirilmoqda

    Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Qarorga ko‘ra, 20 kishidan iborat markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzurida tashkil etilmoqda. Uning vazifalari:

    • aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash yo‘nalishida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
    • ushbu sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

    Markaz direktori lavozimi bo‘yicha OTM fakulteti dekaniga, o‘rinbosar — dekan o‘rinbosariga tenglashtirilmoqda

    Ikki oy ichida markazni tajribali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish uchun ochiq tanlov o‘tkaziladi. Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 5-iyuldan kuchga kirdi.