21-yanvar, seshanba kuni respublikaning katta qismida yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanadi. Ayrim togʻoldi va togʻli hududlarda kuchli yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Faqat Fargʻona vodiysi hududlarida yogʻingarchilik ehtimoli past. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Chorshanba kuni mamlakat hududiga Volga boʻyidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻlishi kutilmoqda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqdan oshmaydi.
Payshanba kunning birinchi yarmida respublikaning faqat markaziy va sharqiy hududlarida qor yogʻishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 darajagacha iliq, shimoliy hududlarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
Juma kuni Oʻzbekistonda yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuqdan oshmaydi, kunduzi 2-7 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi.
Hafta davomida respublika boʻylab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib turgan holda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21—23-yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. 21—22-yanvar kunlari 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda 20-yanvar kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati 10-12 darajagacha iliq boʻladi. 21-yanvar, seshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi. Chorshanba kuni yomgʻir yogʻishi, qorga aylanishi kutilmoqda, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Payshanba kuni kechasi va ertalab qor yogʻishi mumkin. Havo harorati kechasi 4-6 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq boʻladi.