Dam olish kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Juma kuni respublikaning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Fargʻona vodiysida, shuningdek, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Havo harorati +29…+32 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda +33…+35 darajagacha boʻladi.

Shanba va yakshanba kunlari harorat koʻtarilishi davom etadi, kunduz kunlari +33…+35 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda +37…+39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyining boshiga qaraganda koʻproq yoz mavsumi uchun xosdir.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 2−4-may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Juma kunduzi harorat +29…+31 daraja, shanba va yakshanba kunlari +32…+35 daraja boʻladi.