Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, yerosti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, yerosti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yerosti suvlaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish, yerosti suvlariga ququdni qonunga xilof ravishda burgʻilash:
- fuqarolarga BHMning 6 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 250 ming soʻmdan 5 mln 675 ming soʻmgacha);
- mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming soʻmdan 7,5 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi.
Bundan jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari, shu jumladan, tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno.
Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yerosti suv manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olinganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr/kubgacha boʻlgan hajmda yerosti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bu oʻzgarish qonun eʼlon qilinganidan 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi.