Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2023-yilda 74,7 yoshni tashkil etgan.
Yillar kesimida Oʻzbekistonda doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:
- 1991-yilda – 66,4 yosh
- 1995-yilda – 69,1 yosh
- 2000-yilda – 70,8 yosh
- 2005-yilda – 71,8 yosh
- 2010-yilda – 73 yosh
- 2015-yilda – 73,6 yosh
- 2020-yilda – 73,4 yosh
- 2024-yilda – 75,1 yosh
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvar holatiga aholining oʻrtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etdi.