Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1980 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog'liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o'zining sherigi bo'lgan – poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokatini go'yoki Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, u orqali 2024 yilda sud hukmi bilan 8 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, hozirda Buxoro viloyatidagi 1-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o'tayotgan mahkumni Toshkent viloyatidagi 7-sonli JIeMga ko'chirib berish evaziga arizachidan 5 ming AQSH dollari talab qiladi.
Ammo, mazkur shaxslar so'ralgan pul mablag'ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi hamda qamoq ehtiyot chorasi qo'llanildi.