Qayd etilishicha, “UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, kompaniyaning bosh direktori lavozimiga Yanosh Kovach tayinlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, u Vengriyada tugʻilgan Yanosh Kovach Budapesht Texnika Universitetining avtomobilsozlik texnologiyalari boʻyicha muhandislik mutaxassisligini tamomlagan.
Kovach jahon avtomobil sanoatining yetakchi top-menejerlaridan biri sifatida, General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kabi kompaniyalarda muhim rahbarlik lavozimlarida koʻp yillik tajribaga ega.
Oʻzining professional faoliyati davomida u sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va avtomobil zavodlari boshqaruvi boʻyicha masʼul boʻlgan. Shuningdek u 2021-yildan buyon “UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi aʼzosi va audit qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.